Tomas Tuxel Angliya terma jamoasida:

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel atrofida bugun katta shov-shuv. Germaniyalik mutaxassis nafaqat maydondagi taktik detallarga katta e'tibor qaratishi, balki o'yinchilar bilan o'rnatgan o'ziga xos munosabati bilan ham ajralib turmoqda. Uning tashqi ko'rinishi va qat'iy intizomi jamoada o'zgacha bir aura yaratganini ko'rish qiyin emas.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va millionlab tomoshalarga ega bo'lgan kiyim almashtirish xonasidagi video buning yaqqol isboti. Deklan Rays va Jon Stounz murabbiy bilan qilgan hazillari orqali jamoa ichida qanday erkinlik va do'stona muhit borligini ko'rsatib berishdi. Bunday holatlar murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi ishonchning yuqori darajada ekanligini anglatadi.
Tuxel o'zining detallarga boy yondashuvi bilan jamoa o'yinini mutanosib holatga keltira oldi. U
Tuxelning jamoa ichidagi sog'lom muhitni shakllantirishi va futbolchilarning unga bo'lgan ishonchi Angliya terma jamoasining Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatini ta'minlovchi asosiy omil bo'lishi mumkin.